Yangiliklar
Bugun dunyo meditsinasi katta kesmalar va uzoq reabilitatsiyadan minimal invaziv, yuqori aniqlikdagi robotik xirurgiyaga o‘tmoqda. Shu yo‘nalishda dunyoning eng tez rivojlanayotgan tibbiy texnologiya kompaniyalaridan biri — MicroPort bilan hamkorlik Saba Darmon klinikasi uchun strategik va innovatsion qadam hisoblanadi.
Bugungi kunda inson salomatligiga bo‘lgan talab tobora ortib bormoqda. Insonlar nafaqat davolanishni, balki aniq diagnostika, xavfsizlik, mehribon munosabat va ishonchni ham istashadi. Shu maqsadda faoliyat yuritayotgan Saba Darmon klinikasi zamonaviy tibbiyotni inson qadri bilan uyg‘unlashtirishga intilib kelmoqda.
