Andrologiya

Androlog qabuliga online yoziling


Saba Darmon tibbiyot markazida Siz zamonaviy va sifatli Andrologiya xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin. Tibbiyot markazimiz Androloglari o'z malakalarini doimo xorijiy yetakchi klinikalarida oshirib boradilar.


Saba Darmon tibbiyot markazida Siz zamonaviy va sifatli Andrologiya xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin. Tibbiyot markazimiz Androloglari o'z malakalarini doimo xorijiy yetakchi klinikalarida oshirib boradilar.

Image

Saba Darmon Androloglari bilan tanishing!

Biz ushbu kasalliklarni davolaymiz!

• Erkak bepushtligi — urug‘lantirish qobiliyatining pasayishi yoki yo‘qligi, turli sabablar natijasida yuzaga keladi.

• Erektil disfunksiya — jinsiy olatni erektsiyaga keltira olmaslik yoki yetarli darajada erektsiya hosil bo‘lmasligi.

• Varikotsele — moyak venalarining kengayishi, ko‘pincha bepushtlik va og‘riq bilan kechadi.

• Gidrotsele — moyak atrofida suyuqlik to‘planishi, og‘riq va noqulaylikka sabab bo‘ladi.

• Jinsiy olat mikroskopik denervatsiyasi — erta eyakulyatsiya va jinsiy disfunksiyani davolash uchun zamonaviy kam invaziv usul.

• Orxit — moyak to‘qimalarining yallig‘lanishi, infektsiya yoki jarohat natijasida kelib chiqadi.

• Epididimit — moyak orti qo‘shimchasining yallig‘lanishi, og‘riq va shish bilan namoyon bo‘ladi.

• Premature eyakulyatsiya — erta eyakulyatsiya, jinsiy hayot sifatiga ta’sir qiladi.

• Peyroni kasalligi — jinsiy olatda egriq va fibroz tugunlar paydo bo‘lishi, jinsiy hayotga ta’sir qiladi.

• Prostata adenomasining simptomatik davosi — prostata bezining yaxshi sifatli kattalashishi bilan bog‘liq siydik chiqarish muammolarini davolash.

• Jinsiy olat uzunligini kamayganligi bilan bog‘liq shikoyatlar — ligamentotomiya yoki falloplastika kabi jarrohlik usullari bilan davolanadi.

• Jinsiy impotentsiya (samarali davolash kerak bo‘lgan) — boshqa davolash usullari samara bermaganda, jarrohlik yoki kam invaziv usullar orqali bartaraf etiladi.

Biz quyidagi operatsiyalarni amalga oshiramiz!

• Prostata bezining yaxshi sifatli gipyerplaziyasi (adenomasi) — siydik chiqishi qiyinlashganda va siydik oqimi pasayganda siydik yo‘li orqali TUR operatsiyasi yordamida davolanadi.

• Varikotsele uchun Marmar usulidagi operatsiya — varikotsele bilan og‘rigan va bepushtlik kuzatilgan bemorlarda kam invaziv jarrohlik orqali samarali davolash usuli.

• Ligamentotomiya — jinsiy olat uzunligini oshirish uchun qo‘llaniladigan jarrohlik usuli (asosan o‘lchamdan norozi erkaklar uchun).

• Jinsiy olat falloplastikasi — boshqa davolash usullari samara bermaganda, jinsiy zaiflikni bartaraf etish uchun qo‘llaniladigan zamonaviy jarrohlik usuli.

• Jinsiy olat mikroskopik denervatsiyasi — erta eyakulyatsiyani davolash uchun qo‘llaniladigan zamonaviy, kam invaziv operatsion usul.

• Gidrotsele operativ davolash — moyakda suyuqlik to‘planishi natijasida yuzaga keladigan og‘riq va noqulaylikni jarrohlik yo‘li bilan bartaraf etish.

• Chov churrasini kompleks jarrohlik davolash — qorin pastki qismi, chov va bel sohasidagi og‘riq va shishlarni an’anaviy va laparoskopik usullar bilan davolash.

• Laparoskopik nefrektomiya — faoliyat ko‘rsatmaydigan buyrak hayot sifatiga salbiy ta’sir qilganda (og‘riq, isitma, yuqori qon bosimi), uni kam invaziv usulda olib tashlash operatsiyasi.

Tezkor Yordam

Kerakli yordamni beramiz

Tezkor Yordam

Kerakli yordamni beramiz

Malakali Shifokorlar

Malakali shifokorlar jamoasi

Malakali Shifokorlar

Malakali shifokorlar jamoasi

Taxlillar Online

Taxlillaringizni botimiz orqali oling

Taxlillar Online

Taxlillaringizni botimiz orqali oling

24/7 Statsionar Davolanish

Bemorlarga 24/7 g'amxo'rlik qilamiz

24/7 Statsionar Davolanish

Bemorlarga 24/7 g'amxo'rlik qilamiz

Yo‘nalish xizmatlari — Andrologiya

Barcha xizmatlar katalogi →
Saytni ishlab chiqdi — KLINIKI.UZ