Urologiya

Urolog qabuliga online yoziling


Saba Darmon tibbiyot markazida Siz zamonaviy va sifatli Urologiya xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin. Tibbiyot markazimiz Urologlari o'z malakalarini doimo xorijiy yetakchi klinikalarida oshirib boradilar.


Saba Darmon tibbiyot markazida Siz zamonaviy va sifatli Urologiya xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin. Tibbiyot markazimiz Urologlari o'z malakalarini doimo xorijiy yetakchi klinikalarida oshirib boradilar.

Image

Saba Darmon Urologlari bilan tanishing!

Biz ushbu kasalliklarni davolaymiz!

• Siydik-tosh kasalligi — buyrak, siydik yo‘llari yoki siydik pufagida toshlar hosil bo‘lishi bilan kechadigan kasallik.

• Piyelonefrit — buyrak to‘qimalarining bakterial yallig‘lanishi.

• Glomerulonefrit — buyrak filtratsiya tizimining yallig‘lanishi bilan kechadigan kasallik.

• Sistit — siydik pufagining yallig‘lanishi, ko‘pincha infeksiya sababli yuzaga keladi.

• Uretrit — siydik chiqarish kanalining yallig‘lanishi.

• Prostatit — prostata bezining yallig‘lanishi.

• Prostata adenomasi — prostata bezining yaxshi sifatli kattalashishi.

• Prostata saratoni — prostata bezida rivojlanadigan xavfli o‘sma.

• Erkak bepushtligi — erkaklarda urug‘lantirish qobiliyatining pasayishi yoki yo‘qligi.

• Erektil disfunksiya — jinsiy faoliyat uchun yetarli ereksiya hosil bo‘lmasligi.

• Varikotsele — moyak venalarining kengayishi bilan kechadigan kasallik.

• Gidronefroz — buyrakda siydik to‘planib qolishi natijasida uning kengayishi.

• Siydik tutolmaslik (inkontinensiya) — siydikni nazorat qila olmaslik holati.

• Buyrak yetishmovchiligi — buyraklarning o‘z vazifasini to‘liq bajara olmasligi.

• Moyak yallig‘lanishi (orxit) — moyak to‘qimalarining yallig‘lanishi.

• Epididimit — moyak orti qo‘shimchasining yallig‘lanishi.

• Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar — siydik-tanosil tizimiga ta’sir qiluvchi infeksiyalar (xlamidioz, gonoreya va boshqalar).

Biz quyidagi operatsiyalarni amalga oshiramiz!

• Prostata bezining yaxshi sifatli gipyerplaziyasi (adenomasi) — siydik chiqishi qiyinlashganda va siydik oqimi pasayganda siydik yo‘li orqali TUR operatsiyasi yordamida davolanadi.

• Varikotsele uchun Marmar usulidagi operatsiya — varikotsele bilan og‘rigan va bepushtlik kuzatilgan bemorlarda kam invaziv jarrohlik orqali samarali davolash usuli.

• Ligamentotomiya — jinsiy olat uzunligini oshirish uchun qo‘llaniladigan jarrohlik usuli (asosan o‘lchamdan norozi erkaklar uchun).

• Jinsiy olat falloplastikasi — boshqa davolash usullari samara bermaganda, jinsiy zaiflikni bartaraf etish uchun qo‘llaniladigan zamonaviy jarrohlik usuli.

• Jinsiy olat mikroskopik denervatsiyasi — erta eyakulyatsiyani davolash uchun qo‘llaniladigan zamonaviy, kam invaziv operatsion usul.

• Gidrotsele operativ davolash — moyakda suyuqlik to‘planishi natijasida yuzaga keladigan og‘riq va noqulaylikni jarrohlik yo‘li bilan bartaraf etish.

• Chov churrasini kompleks jarrohlik davolash — qorin pastki qismi, chov va bel sohasidagi og‘riq va shishlarni an’anaviy va laparoskopik usullar bilan davolash.

• Laparoskopik nefrektomiya — faoliyat ko‘rsatmaydigan buyrak hayot sifatiga salbiy ta’sir qilganda (og‘riq, isitma, yuqori qon bosimi), uni kam invaziv usulda olib tashlash operatsiyasi.

Tezkor Yordam

Kerakli yordamni beramiz

Tezkor Yordam

Kerakli yordamni beramiz

Malakali Shifokorlar

Malakali shifokorlar jamoasi

Malakali Shifokorlar

Malakali shifokorlar jamoasi

Taxlillar Online

Taxlillaringizni botimiz orqali oling

Taxlillar Online

Taxlillaringizni botimiz orqali oling

24/7 Statsionar Davolanish

Bemorlarga 24/7 g'amxo'rlik qilamiz

24/7 Statsionar Davolanish

Bemorlarga 24/7 g'amxo'rlik qilamiz

Urologiya Toshkentda — Saba Darmon klinikasida

Saba Darmon tibbiyot markazining urologiya bo‘limi buyrak, siydik pufagi, prostata bezi va erkaklar reproduktiv tizimi kasalliklarini tashxislaydi va davolaydi. Tekshiruv bir joyda o‘tadi: urolog qabuli, prostata UZI, buyraklar va siydik pufagi UZI, MSKT urografiya va laboratoriya tahlillari.

Jarrohlik davolash klinikaning rasmiy operatsiyalar ro‘yxati bo‘yicha bajariladi:

  • prostata adenomasi (DGPJ) — transuretral rezeksiya (TUR);
  • varikotsele — Marmar usulida mikrojarrohlik;
  • gidrotsele va chov churrasini davolash (an’anaviy va laparoskopik);
  • ishlamaydigan buyrakda laparoskopik nefrektomiya;
  • ligamentotomiya, falloplastika, erta eyakulyatsiyada mikroskopik denervatsiya.

Bir qator operatsiyalar MedBot Toumai robotik tizimi yordamida bajariladi. Shifokorlar bilan «Doktorlar» sahifasida tanishing yoki qabulga yoziling: +99871 210-30-30.

Yo‘nalish xizmatlari — Urologiya

Barcha xizmatlar katalogi →
Saytni ishlab chiqdi — KLINIKI.UZ