
Akusher-ginekolog
Tursunova Nazokatxon Omilxonovna — 10 yildan ortiq klinik tajribaga ega bo‘lgan, malakali akusher-ginekolog shifokor. U ayollar reproduktiv salomatligini saqlash, ginekologik kasalliklarni erta aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar asosida faoliyat olib boradi. Hozirda “SABA DARMON” tibbiyot markazida bemorlar qabulini olib bormoqda.
Mutaxassisligi
Shifokor Nazokatxon Tursunova quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ixtisoslashgan:
- Akusherlik va ginekologiya
- Onkoginekologiya (erta diagnostika)
- Preventiv tibbiyot
- Kolposkopiya
- Ambulator ginekologiya
🩺 Shifokor qabuliga yozilish
Ta’lim
Nazokatxon Tursunova oliy tibbiy ta’limni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida olgan.
- O‘qish yillari: 2008–2014
- Fakultet: pediatriya
2014–2016-yillarda akusherlik va ginekologiya yo‘nalishi bo‘yicha internatura va ordinaturani tamomlagan.
Shuningdek, quyidagi yo‘nalishlarda qo‘shimcha ta’lim olgan:
- Onkoginekologiya
- Preventiv tibbiyot
- Kolposkopiya
- Endoskopik jarrohlik (2023)
- 2017–2025-yillar davomida malaka oshirish kurslari
Ilmiy va xalqaro faoliyat
Shifokor xalqaro ilmiy-amaliy tadbirlarda muntazam ishtirok etib keladi:
- 2024-yil — KARM xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi, Olmaota (Qozog‘iston)
- 2025-yil — ESHRE xalqaro kongressi (Yevropa inson reproduksiyasi va embriologiyasi jamiyati), Parij (Fransiya)
- Moskva shahrida professor Kalinchenko huzurida ta’lim:
“Ayollarda metabolik sindrom va gormonal buzilishlar” - 2025-yil — Hindistonda xalqaro klinik va ilmiy tajriba almashinuvi
Ish tajribasi
Nazokatxon Tursunova “SABA DARMON” tibbiyot markazida 8 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritib kelmoqda.
- Umumiy tibbiy tajriba: 10 yildan ortiq
- Mutaxassislik bo‘yicha tajriba: 8 yildan ortiq
Qabul qilinadigan kasalliklar
Shifokor quyidagi kasallik va holatlar bilan ishlaydi:
- Hayz siklining buzilishi
- Bachadon bo‘yni kasalliklari
- Old saraton holatlari
- Kichik chanoq a’zolarining yallig‘lanish kasalliklari
- Klimakterik va gormonal buzilishlar
Diagnostika
- Ginekologik ko‘rik
- Kolposkopiya
- Laborator tekshiruvlar
- Tahlillar va UZI natijalarini tahlil qilish
Davolash va muolajalar
- Individual tanlangan dori vositalari
- Profilaktik davolash dasturlari
- Ambulator ginekologik muolajalar
Bemorlar bilan ishlash
- Qabul qilinadigan yosh: o‘smirlar va kattalar
- Qabul tillari: o‘zbek va rus tillari
Ish yondashuvi
Shifokor faoliyatida quyidagi tamoyillarga amal qiladi:
- Dalillarga asoslangan tibbiyot
- Onkologik ogohlik
- Individual va preventiv yondashuv
Davolash falsafasi
Kasalliklarni erta aniqlash, ularning oldini olish va shifokor hamda bemor o‘rtasida ishonchli munosabatni shakllantirish.

MICROPORT VA ROBOTIK XIRURGIYA — SABA DARMON KLINIKASIDA YANGI DAVR

Saba Darmon — Markaziy Osiyoda yetakchi tibbiy markaz bo‘lish sari

Saba Darmon rahbariyatining Xitoyga tashrifi
Ulug‘ oy munosabati bilan xayriya tashabbusi
Ehtiyojmand insonlar uchun ushbu muborak oyda ayrim LOR (quloq–burun) operatsiyalari bepul amalga oshiriladi.

