Yangiliklar

Saba Darmon klinikasi binosi

Hamkorlik shartnomasi imzolandi

Oʻzbekistonda yuqori texnologiyali tibbiyotni yanada rivojlantirish yoʻlida muhim qadam tashlandi. Bugun "Saba Darmon" ko‘p tarmoqli klinikasida Xitoyning tibbiy robototexnika sohasidagi yetakchi kompaniyalaridan biri — Shanghai MicroPort MedBot delegatsiyasi bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar zamonaviy Toumai Endoscopic Surgical System robotik jarrohlik tizimini klinikaga joriy etish bo‘yicha hamkorlik shartnomasini imzoladilar.

Mazkur robotik tizim murakkab jarrohlik amaliyotlarini yuqori aniqlikda bajarish, jarroh uchun qulay ish sharoitini yaratish hamda bemorlarning tezroq sog‘ayishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatli hisoblanadi.

Muzokaralar chog‘ida tibbiy texnologiyalar transferi, mahalliy mutaxassislarni o‘qitish va robotik jarrohlik sohasida uzoq muddatli hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.

Ushbu kelishuv "Saba Darmon" klinikasida robotik jarrohlikni yo‘lga qo‘yish hamda mamlakatimizda yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yo‘lidagi muhim bosqich sifatida baholanmoqda.

🤖 Yangi: robotik jarrohlik. Saba Darmon klinikasida MedBot Toumai jarrohlik roboti o‘rnatildi. Batafsil: Robotik jarrohlik Toshkentda: MedBot Toumai tizimi
Saytni ishlab chiqdi — KLINIKI.UZ