Shifokorlar maqolalari

Saba Darmon klinikasi binosi

Podagra

Podagra ko‘pincha moddiy jihatdan ta’minlangan insonlarda uchraydigan kasallik sifatida qaralsa-da, aslida u qonda siydik kislotasi miqdorining oshishi (giperurikemiya) natijasida bo‘g‘imlarda siydik kislotasi kristallari to‘planishi bilan bog‘liq yallig‘lanish kasalligidir.

🔍 Klinik ko‘rinishi

Kasallik odatda bir bo‘g‘imda to‘satdan paydo bo‘ladigan kuchli og‘riq bilan boshlanadi va shish hamda terining qizarishi bilan kechadi.

⚡ Kuchli og‘riq sababli zararlangan bo‘g‘im harakati cheklanadi, hatto unga tegish ham og‘riqning kuchayishiga olib keladi.

📅 Og‘riq xuruji odatda 7–10 kun davom etadi.

🌡️ Ba’zi hollarda tana haroratining ko‘tarilishi kuzatilib, bu holat infeksion kasallikni eslatishi mumkin.

✅ Kasallikning o‘ziga xos xususiyati

O‘tkir podagrik artritning xarakterli jihati — bemorning o‘z-o‘zidan to‘liq sog‘ayishi va kasallik surunkali bosqichga o‘tmaguncha alomatlarning kuzatilmasligidir.

🎯 Davolashning asosiy maqsadlari:

1️⃣ O‘tkir podagrik artrit xurujini tez va xavfsiz bartaraf etish.

2️⃣ Kasallik qaytalanishining oldini olish.

3️⃣ Kasallikning surunkali bosqichga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik.

4️⃣ Hamroh kasalliklarning oldini olish va ularni davolash.

👩‍⚕️ Shifokor-terapevt Feruza Bahodirovna

Saytni ishlab chiqdi — KLINIKI.UZ