Shifokorlar maqolalari
Bel va bo'yin og'rig'i: sabablari va nevrolog yordami — Saba Darmon Medical Center, Toshkent
Bel yoki bo'yin og'rig'i — shifokorga murojaatning eng ko'p sabablaridan biri. Ko'pchilik uni "sovuq tegdi" deb o'ylab, o'zicha malham surtib yuraveradi. Aslida ortida osteoxondroz, umurtqa churrasi yoki asab siqilishi turishi mumkin. Saba Darmon Medical Center nevrologi og'riqning sabablari va qachon jiddiy tekshiruv kerakligini tushuntiradi.
Sabablari
- Osteoxondroz — umurtqalararo disklarning eskirishi; eng ko'p sabab;
- Umurtqalararo churra (gryja) — disk chiqib, asab tolasini siqadi;
- Mushak zo'riqishi — noqulay holat, uzoq o'tirish, og'ir ko'tarish;
- Qad-qomat buzilishi va kam harakat;
- Ba'zan — ichki a'zolar kasalliklari bo'yinга/belga "berib" og'riydi.
Xavotirli belgilar — kutmaslik kerak!
Quyidagilar bo'lsa, zudlik bilan nevrologga:
- Og'riq oyoq yoki qo'lga tarqalib, uvishish/kuchsizlik bersa;
- Oyoq-qo'lda his-tuyg'u yoki kuch pasaysa;
- Siydik yoki najas nazorati buzilsa (shoshilinch holat!);
- Og'riq tunda kuchayib, dam olishda ham qolmasa;
- Harorat, vazn yo'qotish bilan birga kelsa.
Tashxis: Saba Darmon'da qanday aniqlanadi?
- Nevrolog ko'rigi — reflekslar, sezuvchanlik, harakatni baholash;
- MSKT yoki rentgen — umurtqa holatini, churrani aniq ko'rish uchun;
- ENMG (elektroneyromiografiya) — asab va mushak o'tkazuvchanligini tekshiradi;
- Zarur bo'lsa — laboratoriya tahlillari.
Davolash — ko'pincha operatsiyasiz
Ko'pchilik churra deganda darrov operatsiyadan qo'rqadi. Aslida holatlarning aksariyati konservativ davolanadi:
- Dorivor terapiya — og'riq va yallig'lanishni kamaytirish;
- Fizioterapiya — klinikamizda keng imkoniyatlar (magnitoterapiya, elektroforez, UVT, davolovchi mashqlar);
- Massaj va davolash gimnastikasi;
- Operatsiya faqat aniq ko'rsatmalar bo'lganda tavsiya etiladi.
Saba Darmon Medical Center'da nevrologiya
Klinikamizda tajribali nevrologlar, zamonaviy diagnostika (MSKT, rentgen, ENMG) va keng fizioterapiya bo'limi bir joyda — og'riq sababini aniqlab, operatsiyasiz davolashga harakat qilamiz. Belni "chidab yurmang" — o'z vaqtida murojaat surunkali holatning oldini oladi. Qabulga telefon yoki sayt orqali yoziling.
Ushbu yo'nalish shifokorlari
📞 +99871 210-30-30 · WhatsApp +998 95 662-30-30
✉️
🌐 Instagram · Telegram · Facebook · YouTube


