Shifokorlar maqolalari
Ikki shoxli bachadon va bachadon ichi to‘sig‘i: ikkilamchi bepushtlik sababi sifatida klinik holat
Ikkilamchi bepushtlik — avval homiladorlik kuzatilgan, ammo keyinchalik homilador bo‘la olmaslik yoki homila saqlanmasligi bilan xarakterlanadi.
Bu holatning sabablari turli xil bo‘lib, ular orasida bachadonning tug‘ma anomaliyalari muhim o‘rin tutadi. Klinik holat Bemor, reproduktiv yoshda.
Anamnezda:
• 8 yillik ikkilamchi bepushtlik
• 8 marta homilaning rivojlanmay qolishi (zamershaya beremennost) Bemorda bir necha marotaba homiladorlik kuzatilgan bo‘lsa-da, ularning barchasi erta muddatlarda to‘xtagan.
Diagnostika Kompleks tekshiruvlar natijasida bemorda:
• ikki shoxli bachadon
• bachadon ichi to‘sig‘i (septum ) aniqlandi.
Bu anomaliyalar homilaning implantatsiyasi va keyingi rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Septum sohasida qon ta’minoti yetarli emasligi sababli homila rivojlanmay qolishi xavfi yuqori bo‘ladi. Davolash usuli Bemorga zamonaviy kaminvaziv usul — gisteroskopik septum rezeksiyasi bajarildi.
Ushbu operatsiya:
• bachadon bo‘shlig‘ini anatomik jihatdan tiklaydi
• normal implantatsiya uchun sharoit yaratadi
• reproduktiv natijalarni yaxshilaydi
Natijalar Operatsiyadan so‘ng bemorda tabiiy yo‘l bilan homiladorlik yuzaga keldi. Homiladorlik to‘liq muddatgacha saqlandi va natijada sog‘lom o‘g‘il farzand dunyoga keldi.
Muhokama
Ushbu klinik holat shuni ko‘rsatadiki:
• Qayta-qayta homila rivojlanmay qolishi holatlarida
-faqat gormonal yoki infeksion omillar emas,
-bachadonning anatomik tuzilishi ham tekshirilishi shart
• Gisteroskopik aralashuvlar:
✔️ xavfsiz
✔️ samarali
✔️ reproduktiv funksiyani tiklashda muhim
✅ Xulosa Ikki shoxli bachadon va septum kabi tug‘ma anomaliyalar ikkilamchi bepushtlik va qayta-qayta homila rivojlanmasligining asosiy sabablaridan biri bo‘lishi mumkin. O‘z vaqtida qo‘yilgan tashxis va to‘g‘ri jarrohlik davolash orqali bemorlarda muvaffaqiyatli homiladorlikka erishish mumkin.
Maqola muallifi: Tursunova Nazokatxon Omilxonovna






